Qidirish

Tilni tanlang

×

Yangiliklar

Tasviriy faoliyatga o'rgatish metodikasi fani bo‘yicha navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.
20.11.2025
893
Navoiy Innovatsiyalar Universitetida Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 3-kurs 5-guruhida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida Tasviriy faoliyatga o'rgatish metodikasi fanidan  "Maktabgacha yoshdagi bolalarni rasm chizishga o'rgatish" mavzusida navbatdagi amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.Mashg‘ulotni Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi  o'qituvchisi Negmatova Sanobar Qarshiboyevna olib bordi.Dars davomida talabalarning faolligini oshirish va mavzuni chuqurroq anglatish maqsadida interaktiv o‘qitish uslublari, jumladan “Sochilgan rasmni yig'”, “Fasllarni kuzat”, savol-javob metodlari hamda "Ranglar jilosi" metodlaridan foydalanildi:Talabalar mazkur mashg‘ulotda faol qatnashib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda sinab ko‘rishdi. Bu kabi innovatsion yondashuvlar ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.