Qidirish

Tilni tanlang

×

Yangiliklar

NIU BETT UK–2026 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi
26.01.2026
893
Navoiy innovatsiyalar universiteti delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning London shahrida tashkil etilgan BETT UK–2026 — “British Educational Training and Technology” (Britaniya ta’lim, trening va texnologiyalar) xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Mazkur tadbir ta’lim, raqamli texnologiyalar hamda innovatsion yechimlar sohasidagi eng yirik va nufuzli xalqaro platformalardan biri hisoblanib, unda 40 mingdan ortiq xorijiy tashrif buyuruvchilar, 600 dan ziyod yetakchi xalqaro kompaniyalar, shuningdek, dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan nufuzli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar va ta’lim tashkilotlari vakillari faol ishtirok etdi.Ko‘rgazma doirasida ta’limda zamonaviy raqamli texnologiyalar, sun’iy intellektga asoslangan yechimlar, ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish, masofaviy ta’lim platformalari hamda innovatsion pedagogik yondashuvlar keng namoyish etildi. Ushbu yo‘nalishlar Navoiy Innovatsiyalar universitetining strategik rivojlanish ustuvor yo‘nalishlari bilan bevosita uyg‘unlashadi.Ko‘rgazmaning ilk kuni doirasida universitet delegatsiyasi kompyuter fanlari, ma’lumotlar tahlili (Data Analytics), dasturiy ta’minot injiniringi, sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi 20 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar hamda kompaniyalar bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi. Shu bilan bir qatorda, NIU bosh direktori Eldo‘st Raxmonov Isaqulovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov Baxtiyorovich bilan uchrashib,  BETT UK–2026 doirasidagi hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi. Mazkur xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etish - Navoiy Innovatsiyalar universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va ularni milliy ta’lim tizimiga joriy etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.