Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni munosabati bilan Navoiy innovatsiyalar universitetida "Olima ayollar e'tiborda" mavzusida ma'naviy-marifiy tadbir o'tkazildi.
Tadbirni Navoiy innovatsiyalar universiteti rektori, siyosiy fanlar doktori, professor, Turon fanlar akademiyasi akademigi Mavlonov Jo'rabek Yorqulovich ochib berdi va dunyo hamjamiyatida oʻzbek olimalarining, ayniqsa, universitet olimalarining faoliyati ortib borayotgani haqida iliq fikrlar bildirdi.Tadbirda Navoiy viloyat hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Malika Tojiyevna Mamadiyarova ishtirok etib, ilm yo‘lida sobitqadamlik, doimiy izlanish va intiluvchanlikning muhimligi haqida fikr bildirdi. Shuningdek, Yangi O'zbekistonda yosh tadqiqotchilarning innovatsion g‘oyalari qo‘llab-quvvatlanishi, ular uchun yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar xususida ham so‘z yuritdi. Tadbir doirasida Navoiy innovatsiyalar universitetidagi bir guruh olimalar maxsus ko'krak nishoni, tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Ilm-fanda olima ayollarning o'rni yanada yuksalaversin! Ilm-fanda ayollar – kelajak taraqqiyotining tayanchiga aylanaversin!