
Navoiy innovatsiyalar universiteti MChJ Boshqaruv kengashining tegishli qaroriga muvofiq, Bosh direktor lavozimida faoliyat yuritib kelgan Rahmonov Eldoʻst Isaqulovich oʻz lavozimidan isteʼfoga chiqarildi.
Mazkur lavozimga universitet xoʻjalik va hisob boshqarmasi boshligʻi Eshonkulov Samandar Mengniyozovich universitet Bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
Shuningdek, universitet faoliyatining uzluksizligini ta’minlash, boshqaruv jarayonlarini samarali davom ettirish hamda strategik va huquqiy yoʻnalishlardagi ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish ishlari davom ettiriladi.
Navoiy innovatsiyalar universitetiMatbuot xizmati