Qidirish

Tilni tanlang

×

Yangiliklar

“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi: faol talabalar va OTMlar uchun tanlov
28.10.2026
26

O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida talabalar va oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazilmoqda.

Talabalar uchun: “Faol bo‘ling — noutbuk yutib oling!”

Har yili 250 nafar eng faol talaba qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi: 100 ta noutbuk, 30 ta planshet, 30 ta aqlli soat, 60 ta platforma litsenziyasi va 30 ta kitob vaucheri.

Qanday qatnashiladi:

  1. aileaders.uz platformasida shaxsan ro‘yxatdan o‘ting;
  2. platformadagi Courseraning 5 ta bepul onlayn kursini tugating;
  3. xorijiy til sertifikati, AT sohasida ishga joylashish va xalqaro olimpiadalar orqali 100 ballgacha to‘plang.

Ball qancha yuqori bo‘lsa, sovg‘a shuncha qimmat.

aileaders.uz

OTMlar uchun: “Eng faol oliy ta’lim tashkiloti”

Har yili eng yuqori ball to‘plagan 3 ta OTM jami 435 BHM miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi: 1-o‘rin — 250 BHM, 2-o‘rin — 125 BHM, 3-o‘rin — 60 BHM. Natijalar 5 ta ko‘rsatkich bo‘yicha 100 ballik tizimda baholanadi, eng katta ko‘rsatkich — platformada bepul kurslarni tamomlagan talabalar ulushi (30 ball).

aileaders.uz

Muddat: natijalar 2025-yil boshidan har kalendar yil bo‘yicha hisoblanadi, g‘oliblar keyingi yilning I choragida e’lon qilinadi.

Navoiy innovatsiyalar universiteti barcha talabalarini aileaders.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tib, kurslarni tugatishga chaqiradi!