Qidirish

 Navoiy innovatsiyalar universiteti Turkiyaning Karabuk universiteti bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida memorandum imzoladi.
 
Memorandumga ko'ra universitetlar o'rtasida o'zaro tajriba almashinuvi, akademik mobillik bo'yicha talabalar o'qishini tashkil qilish, professor-o'qituvchilar malakasini oshirish masalalari rejalashtirilgan. 
 
 
Bundan tashqari Karabuk universiteti bilan hamkorlikda Quyosh va shamol energiyasidan foydalanish, sunʼiy intellek va dasturiy injiniring sohasida tadqiqotlar o'tkazish hamda mutaxassislar tayyorlash bo'yicha alohida kelishuvga erishildi.