



Karmana tumani Sardoba mahallasi hududida yoshlar, nuroniylar, yoshlar yetakchilari hamda Navoiy innovatsiyalar universiteti yoshlar ittifoqi aʼzolari koordinatorlar, qalqon jamoatchilik aʼzolari ishtirokida “Men ham ko‘chat ekaman” aksiyasi doirasida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, hududning ekologik holatini yaxshilash, yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida daraxt ko‘chatlari ekildi.

