Qidirish

Universiada–2025:
Kurash bo‘yicha viloyat bosqichi bo'lib o'tdi
         Navoiy shahridagi yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida Universiada–2025 sport musobaqasining kurash turi bo'yicha viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
 
 
     Ushbu bosqichda 100 ga yaqin talabalar g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Musobaqada universitetimiz talabalari ham faol ishtirok etishdi.
 
           
 
            Navoiy innovatsiyalar universiteti "Filologiya va tillarni o‘qitish" kafedrasi "Rus tili" ta'lim yo'nalishining 2-bosqich talabasi G'afforova Nilufar Sherali qizi "Kurash" sport turidan Universiyada-2025 kurash musobaqasining viloyat bosqichida  qizlar o'rtasida 52 kg vazn toifasi bilan faxrli 1-o'rinni qoʻlga kiritib, respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
 
              Universiyada - 2025: Kurash bo'yicha musobaqada 1-o'rin.