Qidiriş

Tilni tanlang

×

Ilmiy konferensiya va tadbirlar

Navröz – yangilaniş va gözallik bayrami
24.03.2025
20
Navröz &ndaş; yangilaniş va gözallik bayrami!
 
    Navoiy innovatsiyalar universitetida nafosat va gözallik ramzi bölgan, yangilaniş va yoşariş ayyomi &ndaş; Navröz keng nişonlandi. Oliygoh hovlisida taşkil etilgan Navröz saylida turli körgazmalar, kiçik sport öyinlari, qozoq millatining milliy ramzi bölmiş ötov va gullar bilan bezalgan sahna bayramona şukuh ulaşdi.
 
 
 
      Oliygoh uzra yangrayotgan şöx kuy-qöşiqlar ostonadan kirgan har bir kişiga kötarinki kayfiyat bağişlab, haqiqiy bayramona xursandçilik ulaşdi. Professor ayol öqituvçilar va talaba qizlarning kamalak ranglarini özida jam etgan milliy liboslari közni quvontiradi.
 
 
       Bir tomonda jaranglayotgan laparlar özbek milliyligini aks ettirsa, ikkinçi tomonda qardoş qozoq millatiga mansub talaba yigit-qizlar dömbiraning sehrli ohangiga hamohang holda kuylayotgan qöşiqlari bilan yiğilganlarni maftun etib, öziga ohangrabodek tortadi.
 
     
     Navröz bayrami albatta milliy taom &ndaş; sumalak bilan maşhur. Universitet xodimlari tomonidan bir kun oldin tayyorlanişga kirişilgan sumalak tong saharda yopilib, bayram avjida tayyor böldi. U kattayu kiçikka ulaşilib, barça bahor taomidan bahramand böldi.
 
 
      Bayram taşrif buyurganlarga esda qolarli va özgaça tarovatda ötdi. Barçaga Navrözi olam muborak bölsin!