Navoiy innovatsiyalar universiteti boş direktori ilm-fan
rivojiga qöşgan hissasi e’tirof etildi
Navoiy innovatsiyalar universitetida yana bir yutuq qayd etildi. Turon Fanlar Akademiyasi Navoiy viloyati bölimi boşliği, akademik Yöldoşev Kamol Mirzayeviç hamda Turon Fanlar Akademiyasining faxriy akademigi, madaniyat xodimi Egamov Ramazon Egamoviç universitet direktori Eldöst Rahmonovni ilm-fan rivojiga qöşgan hissasi uçun Turon Fanlar Akademiyasining kökrak nişoni bilan taqdirladilar.
Mehmonlar ilm-fan taraqqiyoti va ta’lim tizimidagi özgarişlar haqida söz yuritib, tarixga nazar taşladilar. Xususan, ötmişda Karmana madrasalari yurtimizdagi ilm-fan markazlaridan biri bölib kelgani, bu hududda köplab ilmiy yetuk şaxslar yetişib çiqqani ta’kidlandi.
Bugungi kunda esa Navoiy Innovatsiyalar Universiteti nafaqat viloyat, balki respublika miqyosida ham malakali kadrlar tayyorlaş borasida yetakçi oliygohlardan biriga aylanib borayotgani qayd etildi.
Bu kabi yutuqlar universitet professor-öqituvçilari va ilmiy jamoasini kelajakda yanada katta marralarni zabt etişga ilhomlantiradi.