Qidirish

Navoiy innovatsiyalar universiteti bosh direktori ilm-fan
rivojiga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi
 
         Navoiy innovatsiyalar universitetida yana bir yutuq qayd etildi. Turon Fanlar Akademiyasi Navoiy viloyati bo‘limi boshlig‘i, akademik Yo‘ldoshev Kamol Mirzayevich hamda Turon Fanlar Akademiyasining faxriy akademigi, madaniyat xodimi Egamov Ramazon Egamovich universitet direktori Eldo‘st Rahmonovni ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Turon Fanlar Akademiyasining ko‘krak nishoni bilan taqdirladilar.
 
 
         Mehmonlar ilm-fan taraqqiyoti va ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar haqida so‘z yuritib, tarixga nazar tashladilar. Xususan, o‘tmishda Karmana madrasalari yurtimizdagi ilm-fan markazlaridan biri bo‘lib kelgani, bu hududda ko‘plab ilmiy yetuk shaxslar yetishib chiqqani ta’kidlandi.
 
 
         Bugungi kunda esa Navoiy Innovatsiyalar Universiteti nafaqat viloyat, balki respublika miqyosida ham malakali kadrlar tayyorlash borasida yetakchi oliygohlardan biriga aylanib borayotgani qayd etildi.
 
 
         Bu kabi yutuqlar universitet professor-o‘qituvchilari va ilmiy jamoasini kelajakda yanada katta marralarni zabt etishga ilhomlantiradi.