“Rus tili” fanidan oçiq dars
maşğuloti bölib ötdi
Navoiy innovatsiyalar universitetining Filologiya va tillarni öqitiş kafedrasi öqituvçisi Şodiyeva Iroda Sa’dullayevna tomonidan 1-kurs, 1-guruh (kunduzgi ta’lim) Ingliz tili va adabiyoti yönalişi talabalari uçun “Rus tili” fanidan “Общие понятия о стилях речи” mavzusida oçiq dars maşğuloti ötkazildi.
Darsning asosiy maqsadi talabalar rus tilidagi nutq uslublari haqida tuşunçaga ega bölişlari, har bir uslubning öziga xos xususiyatlarini örganişlari hamda turli vaziyatlarda töğri nutq uslubini tanlaşni özlaştirişlariga kömaklaşişdan iborat böldi.
Maşğulot davomida talabalar I.A. Krilovning “Qarğa va tulki” masalini badiiy uslubda tahlil qilişdi. Ular masalni öqib beriş yoki sahnalaştiriş orqali badiiy ifodalar, tilning nafisligi va adabiy me’yorlarini tuşuniş imkoniga ega bölişdi.
Guruhlar özlariga ajratilgan qismni badiiy uslubda öqişga va qahramonlarning fikrlarini jonli yetkazişga harakat qilişdi. Darsning yakuniy qismida talabalar öz bilimlarini “Kalmar öyini” orqali mustahkamlaşdi.
Öyin metodikasidan foydalaniş talabalarning e’tiborini kuçaytirib, turli nutq uslublarini yanada yaxşiroq anglaşlariga yordam berdi. Oçiq dars talabalar uçun qiziqarli va samarali bölib, ularning rus tili böyiça bilimlarini yanada boyitdi.