Qidirish

“Rus tili” fanidan ochiq dars
mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi
 
        Navoiy innovatsiyalar universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi o‘qituvchisi Shodiyeva Iroda Sa’dullayevna tomonidan 1-kurs, 1-guruh (kunduzgi ta’lim) Ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari uchun “Rus tili” fanidan “Общие понятия о стилях речи” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
 
 
      Darsning asosiy maqsadi talabalar rus tilidagi nutq uslublari haqida tushunchaga ega bo‘lishlari, har bir uslubning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishlari hamda turli vaziyatlarda to‘g‘ri nutq uslubini tanlashni o‘zlashtirishlariga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.
 
 
         Mashg‘ulot davomida talabalar I.A. Krilovning “Qarg‘a va tulki” masalini badiiy uslubda tahlil qilishdi. Ular masalni o‘qib berish yoki sahnalashtirish orqali badiiy ifodalar, tilning nafisligi va adabiy me’yorlarini tushunish imkoniga ega bo‘lishdi.
 
 
       Guruhlar o‘zlariga ajratilgan qismni badiiy uslubda o‘qishga va qahramonlarning fikrlarini jonli yetkazishga harakat qilishdi. Darsning yakuniy qismida talabalar o‘z bilimlarini “Kalmar o‘yini” orqali mustahkamlashdi.
 
 
      O‘yin metodikasidan foydalanish talabalarning e’tiborini kuchaytirib, turli nutq uslublarini yanada yaxshiroq anglashlariga yordam berdi. Ochiq dars talabalar uchun qiziqarli va samarali bo‘lib, ularning rus tili bo‘yicha bilimlarini yanada boyitdi.