“Adabiyotşunoslik” fanidan oçiq dars taşkil etildi
Navoiy innovatsiyalar universiteti “Filologiya va tillarni öqitiş” kafedrasining Ingliz tili ta’lim yönalişi 3-kurs 5-6-guruh (sirtqi ta’lim) talabalari uçun filologiya fanlari böyiça falsafa doktori, PhD Ğulomova Nargiza Sa’dullayevna tomonidan “Adabiyotşunoslik” fanidan “Badiiy asarda şakl va mazmun. Zamon va makon. Syujet va konflikt” mavzusida oçiq dars taşkil etildi.
Dars davomida adabiyotşunoslikda şakl va mazmun tuşunçalari, badiiy asarda şakl va mazmun birligi, “Badiiy asar şakli” va “badiiy asar mazmuni” tuşunçalarining şartliligi haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Şuningdek, mazmunning şaklga, şaklning mazmunga muvofiqligi badiiyatning muhim şarti ekanligi özbek adabiyotining nodir namunalari asosida izohlab berildi. Talabalar dars davomida syujet va uning turlari, syujet komponentlari hamda syujetning badiiy asardagi örni va poetik vazifasi haqidagi bilimga ega bölişdi.
Oçiq dars innovatsion texnologiyalar asosida “SWOT tahlil”, “FSMU”, “Assisment”, “Tasavvur va tafakkur”, “Ğoyalar ğildiragi” metodlari orqali taşkil etilib, talabalar faolligi oşirildi. Bahs-munozaralar, savol-javoblar orqali mavzuga çuqur yondaşildi.