Qidirish

“Adabiyotshunoslik” fanidan ochiq dars tashkil etildi
         Navoiy innovatsiyalar universiteti “Filologiya va tillarni o‘qitish” kafedrasining Ingliz tili ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 5-6-guruh (sirtqi ta’lim) talabalari uchun filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD G‘ulomova Nargiza Sa’dullayevna tomonidan “Adabiyotshunoslik” fanidan “Badiiy asarda shakl va mazmun. Zamon va makon. Syujet va konflikt” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
 
 
          Dars davomida adabiyotshunoslikda shakl va mazmun tushunchalari, badiiy asarda shakl va mazmun birligi, “Badiiy asar shakli” va “badiiy asar mazmuni” tushunchalarining shartliligi haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
 
 
      Shuningdek, mazmunning shaklga, shaklning mazmunga muvofiqligi badiiyatning muhim sharti ekanligi o‘zbek adabiyotining nodir namunalari asosida izohlab berildi. Talabalar dars davomida syujet va uning turlari, syujet komponentlari hamda syujetning badiiy asardagi o‘rni va poetik vazifasi haqidagi bilimga ega bo‘lishdi.
 
 
       Ochiq dars innovatsion texnologiyalar asosida “SWOT tahlil”, “FSMU”, “Assisment”, “Tasavvur va tafakkur”, “G‘oyalar g‘ildiragi” metodlari orqali tashkil etilib, talabalar faolligi oshirildi. Bahs-munozaralar, savol-javoblar orqali mavzuga chuqur yondashildi.