• Bo’lim faoliyatini O’zbekiston Respublikasini qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmo-yishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, Universitet bosh direktori hamda rektori buyruq va ko’rsatmalari asosida tashkil etish;
• Bo’limning joriy va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqish;
• Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarning DTS, malaka talablari, o’quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etishva ularni ekspertiza qilish;
• Universitetda ta’lim jarayoni sifatini, uning o’quv adabiyotlari va o’quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o’rganish;
• Universitet talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o’rganib borish, tahlil qilish;
• Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;
• Kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
• Universitetni ichki attestatsiyadan o’tkazishni tashkil etish, natijalari bo’yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni Universitet rektoriga hamda taqdim etish;
• Ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o’qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
• Ta’lim sifatini belgilovchi ko’rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
• Universitetning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo’lim) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo’nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o’tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo’yicha Universitet rahbariyatiga takliflar kiritish;
• Universitet professor-o’qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan faniga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta
• Tayyorlashdan o’tganligini yoki mos ixtisoslik bo’yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o’rganish va xulosalarni Universitet rektoriga ma’lum qilish;
• Ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha takliflar berish;
• Universitetda talabalar amaliyotining ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
• Universitetlar reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to’plashda, o’tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda ishtirok etish;
• Attestatsiya, ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda Universitetda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o’z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o’rnatish;
• Bo’lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, Universitet hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o’quv va ilmiy markazlari tajribasini o’rganish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish;
• Universitet reytingini xalqaro darajaga ko’tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni Universitet rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;
• Universitet tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o’quv seminarlar va treninglar o’tkazish;
• O’quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g’oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig’i masalalari monitoringini yuritish;
• Universitet Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo’lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o’rganish va monitoring natijalari to’g’risida ma’lumotlar berib borish;
• Bo’lim xodimlarining lavozim vazifalari bo’yicha topshiriqlarni bajarish natijalariga ko’ra ularni rag’batlantirish yoki intizomiy chora ko’rish haqida Universitet rahbariyatga o’rnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritish;
• Universitet mol-mulkiga o’zlarining mol-mulkidek munosabatda bo’lish, asrab-avaylash;
• Ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida bo’limga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.