Поиск

images/bolim_va_markazlar/2025-04-18-11-11-51_b5e582da5adfd5b31e75d782bc64dae4.jpeg

Xalqaro hamkorlikni tashkil etish bo'limi

null
• O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga odob-axloq qoidalarga rioya qilish;
•Korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik  holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, va bunday holatlar guvohi bo‘lgan taqdirda zudlik bilan universitet rahbariyatiga va korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini  boshqarish  bo‘limiga  xabar berish;
•O‘z xizmat vazifalarini suiste’mol qilmaslik;
•Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish;
•Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
•Bo‘limning joriy va istiqbol ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
•O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, Prezident farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xatlari, modemogramma va telefonogrammalarni hamda kadrlar masalasiga oid Universitet buyruqlarining fakultet, kafedra, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
• Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar  vazirligining  me’yoriy hujjatlari, uslubiy ko‘rsatmalari  hamda  universitet Kengashining xalqaro hamkorlikni tashkil etish bo‘limiga oid qarorlari, universitet rektorining  buyruqlari va ko‘rsatmalari, xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor topshiriqlari ijrosini ta’minlash;
• Xalqaro bo‘lim rivojlanishiga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish;
•Chet ellik oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari asosida qo‘shma fakultetlar, muassasa filliallarini tashkil qilish, ilmiy-pedagogik xodimlar almashinuvi dasturlarida ishtirok etishini ta’minlash;
•Xalqaro ilmiy va amaliy tadqiqot, konferensiya, simpozium va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
•Dunyoning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida va tadqiqot markazlarida ish tajribasiga ega bo‘lgan chet ellik professor-o‘qituvchilar va mutaxassislarni o‘quv jarayoni va ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etish uchun jalb qilish;
•Universitet xodim va talabalarini xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlariga stajirovka, ilmiy izlanishlar, shuningdek, malaka oshirish, konferensiya, simpozium va boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun yuborish;
•Universitet bilan xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tekshirish markazlari, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxonalari o‘rtasida yo‘nalish bo‘yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borishini ta’minlash;
•Chet el safariga ketayotgan universitet xodimlari, ta’lim oluvchilarining hujjatlari rasmiylashtirilishini amalga oshirish va nazorat qilish;
•Chet ellik mutaxassislarni faoliyatiga oid xujjatlar rasmiylashtirilishini amalga oshirish;
•Universitet xodimlari, talabalari chet davlatlarga borib kelishi bo‘yicha hisobotlarni qabul qilish va hujjatlar rasmiylashtirilishini amalga oshirish va nazorat qilish;
•Chet ellik mehmonlarni kutib olish va joylashtirilishini tashkil qilishni ta’minlash;
•Chet el xodimlarini universitetga ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish va boshqa ishga o‘tkazish haqida universitet rahbariyatiga tegishli ma’lumotlar taqdim qilish;
•Xalqaro hamkorlik shartnomalari doirasida tashrif buyurayotgan chet el delegatsiyalari tashriflarini tashkillashtirish;
•Chet el OTM, ilmiy tadqiqot institutlari va tashkilotlari o‘rtasidagi Xalqaro hamkorlik shartnomalar rasmiylashtirilishini amalga oshirish;
•Universitet xodimlari va ta’lim oluvchilarning chet el safarlari bo‘yicha ma’lumot va hisobotlarni ta’minlash;
•Bo‘lim ish faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish  bo‘yicha  tegishli  chora-tadbirlarni amalga oshirish;
•Bo‘lim faoliyatiga oid  Vazirlik va boshqa tegishli idoralarga o‘rnatilgan tartibda ma’lumot va hisobotlar taqdim qilib borish;
•Ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish;
•Bo‘limga tegishli moddiy-texnik vosita va buyumlarini asrab avaylash;
•Bo‘lim xodimlaridan lavozim yuriqnomasida belgilangan vazifalarni to‘liq va yuqori darajada bajarilishini talab qilish;
•O‘z lavozimiy vazifalaridan kelib chiqib, bo‘lim ish faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha rahbariyatga taklif  berish;
• Lavozim (vazifa) yo‘riqnomasiga rioya qilish;
•O‘z vakolatiga taalluqli bulgan  vazifalarning bajarilmagani uchun qonun xujjatlarida belgilangan tartibda javob berish;
•O‘ziga biriktirilgan universitet mulki uchun qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda javob berish.
809