🎉 NIUda milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash tadbirlari bo‘lib o‘tdi! 🎉
📅 2025-yil 18-sentabr kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida milliy urf-odat va an’analarga bag‘ishlangan “Xon atlas” jilosi hamda “Osh chempionati” muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
👗 “Xon atlas” jilosi davomida talabalar va ustozlar milliy liboslar ko‘rgazmasi hamda namoyishida ishtirok etishdi.🍛 **“Osh chempionati”**da esa professor-o‘qituvchilar ва xodimlar mazali palov tayyorlash bo‘yicha bellashdilar.
🏆 Natijalar:🥇 1-o‘rin — Aniq, texnika va tabiiy fanlar kafedrasi🥈 2-o‘rin — Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi🥉 3-o‘rin — Ma’naviyat bo‘limi
🎁 G‘oliblar esdalik sovg‘alari va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
🤝 Bunday tadbirlar NIU jamoasida do‘stlik, hamjihatlik va qadriyatlarni ulug‘lashga xizmat qiladi!