Поиск

🗣2025-yil 16-may kuni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri”  tanlovining  Respublika bosqichi g‘oliblari tantanali taqdirlandi!

 

🎓 Marosimni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov kirish so‘zi bilan ochib berib, o‘tkazilgan tanlovning ahamiyati, talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikrlarini bildirib, barcha g‘oliblarni samimiy qutladi. 

 

🇺🇿 Ushbu tanlovning Respublika bosqichida g‘oliblikni egallagan Navoiy innovatsiyalar universiteti Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili ta'lim yoʻnalishi 1-kurs talabasi Miyzamova Hulkar Arzimurod qizi Agentlikning maxsus sovg‘alari hamda 6 million so'm pul miqdori bilan taqdirlandi.

 

Ilmiy rahbar: f.f.d. (DSc), prof. v.b. N.J.Yarashova

 

🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti

Matbuot xizmati