🏐 Navoiy Innovatsiyalar Universitetida voleybol mashg‘ulotlari davom etmoqda!
Sportchi talaba qizlarni tayyorlash, ularda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va musobaqalarda universitet sha’nini munosib himoya qilish maqsadida haftasiga ikki marotaba voleybol mashg‘ulotlari muntazam o‘tkazib borilmoqda.
Bugungi mashg‘ulot esa talaba qizlar o‘rtasida ko‘tarinki ruh va faol ishtirok bilan o‘tdi. 💪✨
🏅 Sportga qiziquvchi barcha talabalarni haftalik saralash va mashg‘ulotlarda faol qatnashishga taklif etamiz!