✨ Navoiy innovatsiyalar universiteti
Tabiiy va texnika fanlari kafedrasi, Biologiya ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Muxammadiyeva Sarvara Bobomurot qizi
⭐️ Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Millatlar mozaikasi — 8 davlat, 1 sahna, 1 qalb” xalqaro festivalida faol ishtirok etdi.
🥇 Natijada talabamizning ilmiy-ijodiy faoliyati va xalqaro miqyosdagi tashabbuslari e’tirof etilib, Jadidlar xalqaro ilmiy tadqiqotlar assotsiatsiyasining 2025-yil 10-sentabrdagi 77-sonli buyrug‘iga asosan, xalqaro miqyosda tashkil etilgan “Millatlar mozaikasi” festivalining “Do‘stlik elchisi” ko‘krak nishonini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, festival doirasida o‘tkazilgan “Ijodkor va iqtidorli yoshlar” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, faxrli 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.
🎓 Ilmiy rahbari — biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) Hasanova Lobar, yoshlarning ilmiy-ijodiy izlanishlariga ko‘rsatgan yordami va rahnamoligi uchun tashakkurnoma hamda faxriy guvohnoma bilan taqdirlandi.
💐 Iqtidorli va iste’dodli talabamiz Muxammadiyeva Sarvara Bobomurot qiziga keyingi ilmiy-ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!