Поиск

Tilni tanlang

×

Новости

📚 “Maktabgacha ta’limda ifodali o‘qish metodikasi” fanidan ochiq amaliy mashg‘ulot
20.11.2025
893
Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasining Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchisi Turobova Ziyoda tomonidan 3-kurs 5-guruh talabalari uchun “Maktabgacha ta’limda ifodali o‘qish metodikasi” fanidan ochiq amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.Mashg‘ulot talabalarning faolligini oshirish maqsadida uch guruhga bo‘lingan holda, noan’anaviy tarzda o‘tkazildi.Dars jarayonida “Xatosini top”, “Puzzle”, “Noan’anaviy ertak”, “Kreativ yondash” va “Poster” metodlaridan foydalanildi. Ushbu metodlar talabalar uchun mavzuni yanada qiziqarli va samarali o‘zlashtirish imkonini berdi.