Поиск

Tilni tanlang

×

Новости

NIU BETT UK–2026 master-klasslarida ishtirok etdi
27.01.2026
893
Ko‘rgazmaning ikkinchi kunida Navoiy innovatsiyalar universiteti delegatsiyasi Microsoft, White Rose Education, Google, Meta, Lenovo, Dell, Canva, Kahoot, Arbor, Bromcom hamda boshqa yetakchi xalqaro kompaniyalar tomonidan tashkil etilgan tematik master-klass va taqdimotlarda faol ishtirok etdi. Mazkur sessiyalar doirasida ta’lim sohasiga mo‘ljallangan sun’iy intellekt texnologiyalaridagi eng so‘nggi yutuqlar, xususan, Copilot+ kompyuterlari, Learning Accelerators, shuningdek Microsoft Teams for Education va OneNote platformalarining takomillashtirilgan funksional imkoniyatlari keng jamoatchilikka namoyish etildi.Microsoft Education muhandislik jamoasi tomonidan ushbu zamonaviy yechimlarning ta’lim jarayoniga joriy etilishi orqali shaxsiylashtirilgan o‘qitish modelini rivojlantirish, talabalarning ijodiy salohiyatini oshirish hamda ularning ta’lim jarayonidagi faolligini kuchaytirish bo‘yicha amaliy mexanizmlar batafsil tushuntirib berildi. Shuningdek, Microsoft Education vositalarining Canvas, Schoology, Brightspace, Blackboard, Moodle va boshqa yetakchi LMS platformalariga bevosita integratsiya qilinishi, axborot xavfsizligi va me’yoriy talablarga muvofiqlik (compliance), qulay va inklyuziv foydalanish (accessibility) bo‘yicha ilg‘or xalqaro amaliyotlar taqdim etildi.