Поиск

Tilni tanlang

×

Новости

NIUda yangi hamkorlik memorandumi
25.03.2026
893
Navoiy innovatsiyalar universiteti hamda Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Navoiy filiali o‘rtasida o‘zaro manfaatdorlik, teng huquqlilik va samarali hamkorlik tamoyillari asosida hamkorlik memorandumi imzolandi.Mazkur memorandum oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot hamda amaliy faoliyatni integratsiyalash orqali zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Shuningdek, kelishuv doirasida ekspertiza muassasasi ehtiyojlariga mos bakalavr va magistr darajasidagi kadrlarni tayyorlash, talabalar uchun o‘quv, ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlarni tashkil etish hamda bitiruvchilarni ishga yo‘naltirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.Tomonlar o‘rtasida qo‘shma ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, treninglar va maslahatlar tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar natijalari va ilg‘or tajribalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek ta’lim jarayoniga zamonaviy milliy va xorijiy tajribalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, memorandum doirasida ekspertiza muassasasi mutaxassislarini o‘quv jarayoniga jalb etish, universitet talabalarining amaliy ko‘nikmalarini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash yo‘nalishlarida hamkorlikni mustahkamlash rejalashtirilgan.
Mazkur hamkorlik ikki tomon o‘rtasida ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni yanada oshirishga, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirishga hamda sohaga malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.