• Texnik foydalanish va xo‘jalik bo’limi faoliyatini va xodimlar mehnatini tashkil etish;
• Ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
• Universitet bino-inshootlari, hududlari, yer maydonlari, gulzorlar, daraxtzorlar, ariqlarni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini bajarikishini nazorat qilish;
• Binolarni joriy va kapital ta’mirlash ishlarini bajarishda tegishli xodimlarning mehnatini tashkil qilish;
• O’quv, laboratoriyava talabalar turar joylari binolarining o’quv va yumshoq mebel va jihozlarini ta’mirlash ishlarini bajarish;
• Binolardagi va kafedralardagi yumshoq va qattiq jihozlarning sozligini va talab darajada saqlanishini nazorat qilish;
• Jihozlarni inventarizatsiyadan o’tkazishda boshchilik qilish;
• Xo’jalik ishlariga ajratilgan qurilish, ta’mirlash materiallari va xo’jalik ashyolarini tejamli va maqsadli sarflanishini nazorat qilish;
• Tegishli hududdagi ekologiya, atrof-muhit tozaligi, daraxtlar va gullarni parvarishlash, ko’kalamzorlashtirish ishlarini olib borish;
• Tegishli hududdagi elektr tarmoqlari, yoritgichlarning sozligini va doimiy ishlashini ta’minlash;
• Universitetga olib kelingan tovar moddiy qimmatliklarning hisobini yuritish va alohida kitobda qayd qilinishini ta’minlash ustidan nazorat o‘rnatish;
• Xo’jalik omboridagi mavjud moddiy qimmatliklar to’g’risida ma’lumotlar bazasini yaratib borilishini nazorat qilish;
• Universitet, kafedralarning va bo’limlarning tovar moddiy boyliklarga ehtiyojlarini tahlil qilish va istiqbolli rejalar ishlab chiqish, bo’lim boshlig’i orqali rahbariyatga taqdim qilish;
• Universitetga keltirilgan mahsulotlarni xo’jalik omboriga qabul qilish bo’yicha hujjatlarni rasmiylashtirish;
• Zaruriyat bo’lganda ta’minotchilardan ishonch qog’ozi orqali tovar va mahsulotlarni olib kelish;
• Auksion savdolarda Universitet ehtiyoji uchun zarur bo’lgan mahsulotlarning bozorini o’rganish va takliflar kiritish;
• Tovar va mahsulotlarni xarid qilish uchun buyurtmalar tayyorlash jarayonida tovarlarning assostimenti, ishlab chiqaruv-chisi, sifat ko’rsatgichi, yaroqliligi, tannarxi va foydalanish muddat-lari bo’yicha belgilangan standartlar asosida tahlil o’tkazish va takliflar tayyorlash;
• Auksion savdolarda qatnashuvchi ta’minotchi tashkilotlar to’g’risida ma’lumotlar bazasini yaratish, ularning ishlab chiqarish va tadbirkorlik xususiyatlari to’g’risida qonun bilan taqiqlanmagan holatda ma’lumotlar tayyorlash;
• Universitetga mahsulotlar yetkazib beruvchi ta’minotchi tashkilotlar bilan yaqin aloqa o’rnatish va mahsulotlar yetkazib berilishidan oldin namuna mahsulotning barcha ko’rsatgichlar asosida xaridi bo’yicha xulosalar berish;
• Universitet omborida mavjud moddiy qimmatliklarni belgilangan tartibda saqlanishi, joylashtirilishini ta’minlash;
• Universitet omboriga talabnomalar asosida laboratoriya ishlari uchun ishlatgani spirt, kerakli mahsulotlar va shu jihatdan tibbiy texnika jihozlarini belgilangan tartibda hujjatlar asosida qabul qilib olish;
• Ombordan tovar moddiy boyliklarini Universitet buxgalteriyasi orqali rasmiylashtirilgan chiqim hujjatlari asosida berilishini ta’minlash;
• Ombordan berilayotgan moddiy qimmatliklarni faqat chiqim hujjatida ko’rsatilgan shaxsga topshirish;
• Ombordagi moddiy qimmatliklarning harakati va qoldig’i bo’yicha oylik va yillik hisobotlarni o’z vaqtida buxgalteriyaga topshirish;
• Omborxonaga begona shaxslarni kiritilishiga yo’l qo’ymaslik;
• Omborda yong’in xavfsizligi va moddiy qimmatliklarni talafotining oldini olish choralarini tashkil qilish;
• Ish vaqti tugagandan so’ng omborni muhrlab, signalizat-siyani yoqib, navbatchi qorovulga topshirish;
• Xo’jalik sohasida xizmat qiluvchi texnik xodimlar – farrosh, qorovul, elektrik, santexnik, bog’bon, ishchi va boshqa texnik xodimlarning faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish;
• Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish;
• Universitet ichki tartib-qoidalari, Odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.