Qidirish

images/bolim_va_markazlar/2025-04-18-10-47-35_e61b6f2d7ef0106225ce1987a8ab6397.jpeg
•Boshqarmaning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
•Universitetdagi mavjud kompyuter texnologiyalarining dasturlarini toʼgʼri ishlashini nazorat qilish;
•Kompyuterlarni texnik koʼrikdan oʼtkazib turish va taʼmirlash ishlarini tashkil qilish;
•Kompyuter operatorlari ishini nazorat qilish;
•Universitet kompyuter zaxirasini zamonaviy kompyuterlar hisobiga oshirish va mavjud kompyuterlarni takomillashtirib borish;
•Universitetda Internet tarmoqlari, (universitet rasmiy veb-sayti ostidagi E-mail) elektron pochta xizmatlarini talab darajasida ishlashini nazorat qilish;
•Universitetning nusxa koʼpaytirish dastgohlarining ishini nazorat qilish, taʼmirlash va koʼrikdan oʼtkazib turishni nazorat qilish;
•Universitetning elektron oʼqitish boʼyicha olib boriladigan barcha ishlariga rahbarlik qilish hamda elektron oʼqitishni tashkil etish boʼyicha mahalliy va chet el oliy oʼquv yurtlari bilan aloqalar oʼrnatish;
•Universitet lokal tarmogʼiga portal boʼyicha jami maʼlumotlarni kiritish va tahlil etish.
Bilishi kerak:
•Oʼzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʼgʼrisida”gi,
•“Аxborotlashtirish toʼgʼrisida”gi, “Elektron hukumat toʼgʼrisida”gi Qonun va taʼlim tizimiga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlar;
•Elektron hujjatni shakllantirish, qoʼllash va saqlashga
•qoʼyiladigan talablar (O‘z DSt 2295:2011);
•Interaktiv davlat xizmatlari Tasniflash va shakllantirishga
•asosiy talablar (O‘z DSt 2863:2014);
•Dasturiy vositalarning hayotiy sikl jarayonlari (O'z DSt ISO/IEC 12207:2007).
Malaka talablari:
•Oliy taʼlim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur boʼlgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, taʼlim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va koʼnikmalarga;
•Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega boʼlish, masʼuliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlariga ega boʼlishi;
•Oliy maʼlumotga ega boʼlishi;
•Yoʼnalishi boʼyicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega boʼlishi zarur.
138