Qidirish

Navoiy innovatsiyalar universiteti tasarrufidagi
TTJda yashovchi talabalar uchun osh tarqatildi
 
         2025-yil 20-fevral kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida Ma'naviyat bo'limi xodimlari, tyutorlar, ARM xodimlari,iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi, psixologlar tashabbusi asosida talabalar turar joyida o'zbegimning milliy taomi osh tarqatildi. 
         
 
            Osh nafaqat talabalarga, qolaversa, ishchi xodimlarga ham tortildi. Fayzli dasturxon atrofida NIU rektori Jo`rabek Yorqulovich Mavlonov mas’ullarga talabalar turar joylari va ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarning sharoitlarini o‘rganib, lozim bo‘lsa amaliy ko‘mak berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
 
 
        Samimiy muloqotlarda bu kabi ezgu amallar jamoalarda hamjihatlikni mustahkamlash, talabalarni qadriyatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.