đ NIUda âXorijiy tilâ yoânalishi 2-bosqich 3-guruh talabalari uchun âBilish falsafasiâ mavzusida ochiq seminar mashgâuloti oâtkazildi.
Ochiq darsni PhD M. Ochilova olib bordi. Mashg‘ulot davomida talabalar “Aristotel” va “Platon” guruhlariga bo‘linib, gnoseologiya (bilish nazariyasi)ga oid plakatlar tayyorlab, taqdim etdilar.
Dars jarayonida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan ham samarali foydalanildi. Bu esa talabalar uchun mavzuni yanada qiziqarli va interaktiv tarzda o‘zlashtirish imkonini berdi.
Seminarda bilish falsafasining mohiyati, haqiqatning shakllari, relyativizm va dogmatizm masalalari yuzasidan bahs-munozaralar tashkil etildi.
“Bir odam uzoqdan suvni ko‘rdi, ammo u aslida miroj edi — bu bilimmi yoki illyuziyami?” mavzusida amaliy case study o‘tkazilib, talabalar o‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon etdilar.
Mashg‘ulot yakunida faol talabalar rag‘batlantirildi. Ochiq dars o‘quv jarayonida innovatsion yondashuvlar, tanqidiy tafakkurni rivojlantirish hamda falsafiy tafakkur asoslarini shakllantirishga qaratildi.