NIUda “Xalqaro faylasuflar” kuni
🟢YUNESCO tashkiloti tashabbusi bilan har yili noyabr oyining 3-payshanbasi “Xalqaro faylasuflar” kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu munosabat bilan Navoiy innovatsiyalar universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan 21-noyabr kuni soat 14:00 da “Falsafa va hayot: tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyoti” mavzusidagi ilmiy-badiiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda universitet rektori siyosiy fanlar doktori, professor Mavlonov Jo`rabek Yorqulovich, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, falfasa fanlari doktori Chuliyeva Vasila Erkinovna hamda kafedra dotsenti, falsafa fanlari nomzodi Imomov Umrzoq Xarmayevichlar falsafa va uning dunyo tamaddunidagi roli haqida nutq so`zlashdi.
Shu bilan birga faylasuf olimlarimizning hikmatli so`zlari va hayotiga bag`ishlangan sahna ko`rinishlari tadbir ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi.