Qidirish

NIUda "Yashil makon" loyihasi amalda!
   Joriy yilning 2-noyabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, mazkur loyiha doirasida yiliga 200 mln. tup daraxt va buta ko'chatlarini ekish belgilangan edi. 
 
 
Navoiy innovatsiyalar universiteti ham ushbu xayrli ishga o'z hissasini qo'shib, rektor J.Mavlonov boshchiligida oliygoh professor-o'qituvchilari, xodimlar hamda talabalar tomonidan mazkur loyiha doirasida oliygoh hududiga 300 tup manzarali va mevali daraxt ko'chalari o'tkazildi.
 
 
 Daraxtlar hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib, bog'lar hosil qilish va ko'kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olindi.  Shu bilan birga har yili kuz va bahor oylarida ekiladigan daraxtlar parvarishiga, ularning keyingi taqdiriga ham e'tibor qaratilishi lozimligi belgilandi.
 
 
     Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas”. Yer va suv resurslarini, ekologik tizimni asrash hamda daraxt ko'chatlarini ekib, bog'lar yaratish orqali bizdan keyingi avlod ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun tabiatga mehr va e'tibor berilsa, kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydilar.