Qidirish

Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishining
oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir
 
     Navoiy innovatsiyalar universitetida "Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish" mavzusida tezkor-profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir yoshlarni zararli odatlardan ogoh etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.
 
 
 
      Tadbirda Karmana tumani IIB jinoyat qidiruv va giyohvandlikka qarshi kurashish tezkor vakillari – kapitan Ro‘ziqulov Abbos Hasanovich va katta leytenant Kamolov Dilshod Nazarboyevich, shuningdek, universitet Ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i A. Shomurodov, yoshlar yetakchisi, tyutorlar va talabalar ishtirok etishdi.
 
 
        Mutaxassislar giyohvandlik vositalarining inson salomatligiga, oilaga va jamiyatga yetkazadigan zararlarini tushuntirib, ushbu illatga qarshi kurashish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdilar. Talabalar bilan jonli muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda, ularning savollariga javob berildi va profilaktik choralar muhokama qilindi.
         Sog‘lom va barkamol yoshlar – millat kelajagining mustahkam poydevori!