Qidirish

Davlat tilida ish yuritish: o‘quv-amaliy seminar
 
      2025-yil 25-fevral kuni Navoiy Innovatsiyalar Universitetida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchilari PhD Lobar Suvonova va PhD Maftuna Ochilova tomonidan “Davlat tilida ish yuritish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
 
 
      Seminarda universitet Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Elnur Abdualimov ishtirok etib, talabalar bilan o‘z fikr va mulohazalarini bo‘lishdi. Tadbir davomida talabalar ish qog‘ozlari turlari, ularni to‘g‘ri rasmiylashtirish qoidalari bo‘yicha nazariy bilimlarga ega bo‘lishdi.
 
 
      Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar orqali ayrim hujjatlar namunalarini yozib, o‘z bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Seminar yakunida faol ishtirok etgan talabalarga tafakkur qanoti bo‘lmish kitoblar esdalik sovg‘a sifatida topshirildi.
 
 
          Davlat tilida ish yuritish – rasmiy muloqot madaniyatining muhim ko‘rinishi!