Qidirish

 Ijtimoiy pedagogika fanidan innovatsion yondashuv
 
         Navoiy innovatsiyalar universiteti "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi o‘qituvchisi To‘rayeva Ma’mura Fazliddin qizi tomonidan Pedagogika-psixologiya yo‘nalishi 2-kurs 2-guruh talabalari uchun "Ijtimoiy pedagogika" fanidan ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.
 
 
        Mazkur ochiq darsdan ko‘zlangan asosiy maqsad – oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi hamda noto‘liq oilalarning ijtimoiy muammolari to‘g‘risida talabalarga bilim berish edi. Dars davomida ushbu mavzular yuzasidan ilmiy tavsiyalar berilib, ayniqsa, o‘smir o‘quvchilar o‘rtasida deviant xulq shakllanishining oldini olish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
 
 
            Mashg‘ulot innovatsion pedagogik yondashuvlar va interfaol uslublar asosida o‘tkazildi. Jumladan, Singapur ta’lim tizimida yuqori natija bergan va PISA hamda TIMSS tadqiqotlarida samarali deb topilgan "kollaboratsiya" usuli talabalar tomonidan o‘rganildi.
 
 
        Shuningdek, talabalar bilan mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan savol-javoblar tashkil etildi. Ochiq dars jarayonida sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
 
       
         Darsda "Iqtidorli talabalar bilan ishlash" bo‘limi boshlig‘i E. Abdualimov ishtirok etib, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
          Ushbu ochiq dars talabalarning nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlash, ularda ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.