Pedagog xodimlar uchun stressga
barqarorlik bo‘yicha trening
Navoi innovatsiyalar universitetida pedagog xodimlar uchun “Pedagog xodimlarida stressga barqarorlikning psixologik mexanizmlari” mavzusida trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ishtirokchilar ish jarayonida yuzaga keladigan stress bilan kurashish, uni bartaraf etish va turli noxush holatlardan chiqish usullarini o‘rgandilar.
Treningda qatnashchilar psixologik barqarorlikni oshirish, ruhiy tetiklikni saqlash va motivatsiyani yuqori darajada ushlab turish bo‘yicha samarali usullarni amaliy mashg‘ulotlar orqali sinab ko‘rdilar.
Ushbu trening natijasida pedagoglar o‘z ish faoliyatida stressni boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lib, yanada samarali va ishtiyoq bilan ishlash uchun zarur bilimlarga ega bo‘ldilar.
Bunday tadbirlar pedagog xodimlarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ularning ish unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.