Qidirish

Brauzer dasturlari va ularning imkoniyatlari
bo‘yicha master-klass
 
     Joriy yilning 25-mart kuni Navoi innovatsiyalar universitetining Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi Xudoyorov Shuhrat Jumaqulovich tomonidan Texnologik jarayonlarni ishlab chiqishni avtomatlashtirish (TJA) yo‘nalishi 2-kurs kunduzgi ta’lim talabalari uchun “Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” fanidan “Brauzer dasturlari va ulardan foydalanish imkoniyatlari” mavzusida master-klass tashkil etildi.
 
 
      Ushbu master-klass davomida talabalar turli brauzer dasturlarining ishlash tamoyillari, ularning funksional imkoniyatlari hamda xavfsizlik choralarini o‘rganishdi. Mashg‘ulot jarayonida real misollar va amaliy mashg‘ulotlar asosida o‘quvchilar brauzerlarning ilg‘or imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
 
 
       Interaktiv usullarga asoslangan ushbu master-klass talabalar uchun juda foydali bo‘lib, ularning nazariy va amaliy bilimlarini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.