Samarqandga sayohat: talabalarning milliy qadriyatlar bilan tanishuvi
Navoiy innovatsiyalar universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tyutorlari tomonidan universitet talabalari uchun milliy qadriyatlar bilan bog‘liq tarixiy obidalar, shuningdek, milliy urf-odatlar va qadriyatlar aks etgan joylarni ko‘rsatish maqsadida Samarqand shahrining tarixiy maskanlariga ekskursiya va sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida talabalar go‘zal Samarqandning boy tarixi bilan yaqindan tanishdilar. Ular bu shaharda yetishib chiqqan buyuk allomalar haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Jumladan, ulug‘ sarkarda Amir Temur maqbarasi, alloma Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, O‘zbekiston mustaqilligiga asos bo‘lgan birinchi prezidentimiz Islom Karimov dafn etilgan "Hazrati Xizr" ziyoratgohi hamda mashhur Registon maydoniga tashrif buyurdilar.