Speaking Club: Mobil telefonlar – foydami yoki zararmi?
Navoiy innovatsiyalar universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi Ingliz tili ta’lim yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan Speaking Club doirasida “Benefits and Drawbacks of Using Mobile Phones” mavzusida debat tashkil etildi.
Debat davomida talabalar mobil telefonlarning foyda va salbiy jihatlari haqida turli nuqtai nazarlarni bildirishdi. Bu jarayonda ular yangi so‘z va iboralarni o‘rganishdi hamda inglizcha atamalarni qo‘llash orqali o‘z til boyliklarini oshirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Mobil telefonlar haqida fikr bildirar ekan, har bir talaba o‘z nuqtai nazarini asosli dalillar bilan ifoda etdi. Bu esa mantiqiy fikrlash va asosli nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Debatda ishtirok etish orqali talabalar o‘z fikrlarini erkin, ishonch bilan bayon qilishdi. Natijada ularning ijtimoiy faolligi va nutqiy erkinligi ortdi.