Ilmiy yutuqlar e’tirof etildi!
Universitet Kengashining 12-son yig‘ilishida Kengash raisi, s.f.d. (DSc), professor Mavlonov Jo‘rabek Yorqulovich ilmiy unvon va darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni samimiy tabriklab, ularning yutuqlarini alohida e’tirof etdi.
Mazkur yig‘ilishda f.f.d. (DSc) Yarashova Nasiba Jumayevna Universitet Kengashi tavsiyasiga asosan professor unvonini oldi.
Aniq, texnika va tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Umurzaqova Umida Nosirjonovna dotsent ilmiy unvoniga, Filologiya va tillarni o‘qitish kafedrasi o‘qituvchisi Yo‘ldosheva Dilnoza Xasan qizi esa f.f.f.d. (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lganligi munosabati bilan universitet rahbariyati tomonidan taqdirlandi.
2024–2025-o‘quv yilida o‘tkazilgan Universitet Kengashlarida faol ishtirok etgan Kengash a’zolari ham e’tirof etilib, rag‘batlantirildi.
Navoiy innovatsiyalar universiteti
Matbuot xizmati