Sönggi paytlarda ayrim internet naşrlari va ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy innovatsiyalar universiteti faoliyatiga oid anonim murojaatlarga asoslangan tanqidiy materiallar e’lon qilinmoqda.
Mazkur materiallarda kötarilgan masalalar yuzasidan munosabat bildiriş bilan birga, universitetning jamiyat hayotidagi örni, bugungi kunga qadar erişgan natijalari hamda amalga oşirilayotgan işlari haqida ma’lumot berişni muhim deb hisoblaymiz.
Navoiy innovatsiyalar universiteti mamlakatimizda nodavlat oliy ta’limni rivojlantiriş va ta’lim qamrovini kengaytiriş borasida yaratilgan imkoniyatlar asosida 2023-yilda faoliyatini boşlagan. Bugungi kunda universitetda 10 ming nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda.
Universitetning taşkil etilişi Navoiy viloyati va unga yaqin hududlardagi yoşlarga öz yaşaş joyidan uzoqlaşmasdan oliy ta’lim oliş uçun qöşimça imkoniyat yaratdi. Bu esa oilalarning farzandlarini boşqa viloyatlar yoki xorijga öqişga yuboriş bilan boğliq xarajatlarini kamaytirişga ham xizmat qilmoqda.
Şu bilan birga, universitet sifatli ta’limni ta’minlaşda zamonaviy öquv binolari, xavfsiz va qulay ta’lim muhiti, mustahkam moddiy-texnik baza hamda malakali professor-öqituvçilar salohiyati birdek muhim ekanini yaxşi anglaydi.
Prezidentimiz ham yaqinda Ta’lim va ilm-fan vazirligini taşkil etiş munosabati bilan ta’lim sifatini oşiriş, sohada yangiça yondaşuvlarni qöllaş, bozor talablariga mos ta’limni, raqobatni hamda xususiy sektor iştirokini rivojlantiriş vazifalarini belgilab berdilar.
Bu vazifalar nodavlat oliy ta’lim muassasalari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Zero, ta’lim qamrovini kengaytiriş bilan birga, uning sifatini oşiriş va mehnat bozori talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlaş ham muhimdir.
Albatta, qisqa muddatda faoliyat kölamini kengaytirib borayotgan har qanday muassasada muayyan taşkiliy va amaliy masalalar yuzaga kelişi mumkin. Muhimi, ularni e’tiborsiz qoldirmasdan, öz vaqtida bartaraf etiş va takrorlanişiga yöl qöymaslikdir.

Universitetda ta’lim jarayoni bilan bir qatorda ilmiy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar va iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş işlariga ham e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, maktabgaça ta’lim yönalişi talabasi Dilnoza Şodiyeva Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori böldi.
Universitetda sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, yaşil iqtisodiyot, filologiya va ta’lim sohalarida respublika hamda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar taşkil etilmoqda.
Şuningdek, professor-öqituvçilar va tadqiqotçilar tomonidan Scopus va Web of Science xalqaro ma’lumotlar bazalarida indekslangan jurnallarda 10 ta, respublika jurnallarida 114 ta ilmiy maqola çop etilgan, 1 ta ilmiy grant qölga kiritilgan, 3 ta patent rasmiylaştirilgan hamda 7 ta ilmiy işlanma amaliyotga joriy etilgan.
Universitet Hindistonning MIT World Peace University oliy ta’lim muassasasi bilan sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik yönalişlarini belgilagan.
Şuningdek, universitet vakillari Buyuk Britaniyadagi BETT UK–2026 xalqaro ta’lim texnologiyalari körgazmasida iştirok etib, qöşma ta’lim dasturlari, akademik almaşinuv va zamonaviy laboratoriyalar taşkil etiş imkoniyatlarini örgangan.
Özbekiston milliy pedagogika universiteti, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Navoiy filiali bilan ta’lim, ilmiy tadqiqot va talabalarning amaliy könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan hamkorlik kelişuvlariga erişilgan.
Universitet uçun bitiruvçilarning mehnat bozorida öz örnini topişi ta’lim samaradorligining muhim körsatkiçlaridan biridir.
2024–2025-yillarda 1049; 2025-2026-yillarda 1224 nafar talaba universitetni tamomlagan bölib, ularning 2025-yilda 1002 tasi (95,5%), 2026-yilda 1121 tasi (91,6%) mehnat faoliyatini boşlagan yoki öz mutaxassisligi böyiça işga joylaşgan.
Şuningdek, iqtidorli va ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga muhtoj yoşlar uçun 173 nafar talabaga ta’lim granti, 334 nafarga stipendiyalar taqdim etilgan. Uşbu maqsadlarga jami 2 710 000 000 söm yönaltirilgan.
Universitet faoliyati hudud iqtisodiyoti va aholi bandligiga ham hissa qöşmoqda. Bugungi kunga qadar muassasada 282 ta iş örni yaratilgan bölib, ularning 282 tasida mahalliy mutaxassislar faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning aprel oyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan universitet faoliyatida litsenziya talablari va şartlariga rioya etilişi yuzasidan örganiş ötkazilgan.
Örganişdan söng universitetda çora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, mas’ullar va ijro muddatlari belgilangan.
Aniqlangan kamçiliklar yuzasidan mas’ul xodimlarning faoliyati örganilib, ayrimlari bilan mehnat şartnomalari bekor qilindi, boşqalariga nisbatan intizomiy çoralar körildi. Şuningdek, bunday holatlarning takrorlanmasligi uçun içki nazorat kuçaytirildi.
Mazkur reja doirasida öquv rejalari malaka talablari asosida qayta işlab çiqilib, universitet Kengaşi tomonidan tasdiqlandi.
Fan nomlari HEMIS tizimi bilan muvofiqlaştirildi, professor-öqituvçilarning öquv yuklamalari qayta körib çiqildi.
Qöşimça öquv binolari va maydonlar jalb qilinib, ulardan foydalaniş böyiça ijara şartnomalari tuzildi.
Kompyuter sinflari va laboratoriyalar qayta jihozlandi, maxsus lingafon xonalari taşkil etildi.
Axborot texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantiriş maqsadida «SERVERCORE CIS» MÇJ xorijiy korxonasi bilan 553493-son şartnoma tuzildi.
«UNICON.UZ» DUK ma’lumotlar markazi xizmatlaridan foydalaniş yölga qöyildi hamda moodle.niuedu.uz elektron ta’lim platformasi işga tuşirildi.
Amalga oşirilgan işlar va ularni tasdiqlovçi hujjatlar vazirlikka taqdim etilgan.
Universitetning asosiy öquv binosi yuzasidan sanitariya-epidemiologiya, yonğin xavfsizligi va quriliş sohasidagi vakolatli taşkilotlarning tegişli xulosalari olingan.
Moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlaş, öquv maydonlarini kengaytiriş va ta’lim jarayoni uçun zarur şaroitlarni yaxşilaş işlari davom ettirilmoqda.
Maqolada joriy yilning 5-oktyabr kuni birinçi kurs talabalarining universitet hududida töplangani yuzasidan ham e’tirozlar keltirilgan.
Aslida şu kuni universitetning Karmana tumani, Toşkent köçasi, 39-uy manzilidagi asosiy binosi hovlisida birinçi kurs talabalarini kutib olişga bağişlangan «Ilk qadam — ilk öquv kuni» bayram tadbiri taşkil etilgan.
Tadbir oldindan rejalaştirilgan bölib, xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida tegişli davlat idoralariga rasmiy xatlar yuborilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayrim tasvirlar aynan mazkur tadbir jarayoniga tegişli. Auditoriya yetişmasligi sababli maşğulotlarni bekor qiliş yoki boşqa kunga köçiriş holatlari kuzatilmagan.

Bugungi kunda universitetda 203 nafar asosiy ştatdagi professor-öqituvçi faoliyat yuritmoqda. Ularning 74 nafari ilmiy daraja yoki unvonga ega bölib, ilmiy salohiyat körsatkiçi 39 foizni taşkil etadi. Bundan taşqari, 18 nafar professor-öqituvçi örindoşlik asosida jalb qilingan.
Joriy yil may oyida professor-öqituvçilarning öquv yuklamalari qayta körib çiqilib, tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgan. Xodimlarning mehnatiga haq tölaş va ularni moddiy rağbatlantiriş belgilangan içki tartiblar asosida amalga oşirilmoqda.
Maqolada rahbariyatning avvalgi mehnat faoliyati va ehtimoliy manfaatlar töqnaşuviga oid taxminlar ham keltirilgan.
Ta’kidlaş joizki, şaxsning avvalgi mehnat faoliyati yoki egallagan lavozimi öz-özidan manfaatlar töqnaşuvi yoxud qonunbuzarlik mavjudligini anglatmaydi. Bu kabi masalalarga huquqiy baho berişda aniq dalillar va xolis yondaşuv muhim.
Universitet mehnat munosabatlarida qonuniylikni ta’minlaş, xodimlar murojaatlarini belgilangan tartibda körib çiqiş va vakolatli organlar bilan hamkorlik qilişga tayyor.

Navoiy innovatsiyalar universiteti öz faoliyatining rivojlaniş bosqiçida ekanini va oldida hali muhim vazifalar turganini yaxşi anglaydi.
Bizning maqsadimiz tanqiddan qoçiş emas, undan töğri xulosa çiqarişdir. Kamçiliklarni oqlaş emas, ularni bartaraf etişdir. Eng muhimi, universitetga işonç bildirgan minglab yoşlarning ta’lim olişi va kelajagi uçun mas’uliyatni his qilişdir.
Universitetimiz Prezidentimiz taşabbusi bilan yangidan taşkil etilgan Ta’lim va ilm-fan vazirligining nodavlat oliy ta’limni rivojlantirişga qaratilgan islohotlari, tavsiya va körsatmalariga tayangan holda öz faoliyatini yanada takomillaştirib boradi. Zero, barçamizning muştarak maqsadimiz — yoşlarga sifatli ta’lim beriş va mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşadigan malakali kadrlarni tayyorlaşdir.
Şu bilan birga, ommaviy axborot vositalaridan universitet faoliyatiga oid materiallarni tayyorlaşda anonim murojaatlardagi fikrlar bilan bir qatorda, muassasaning rasmiy javoblari va amalga oşirgan işlarini ham inobatga olişlarini söraymiz.
Universitet ommaviy axborot vositalari vakillari bilan oçiq muloqot qiliş, savollarga hujjatlar asosida javob beriş va konstruktiv hamkorlikni davom ettirişga tayyor.
Navoiy innovatsiyalar universiteti matbuot xizmati