Поиск

images/bolim_va_markazlar/2025-04-18-09-52-40_6785413e22ae8e0c69b98dfcaac172e9.png
•Matbuot va piar xizmati universitetning mustaqil tarkibiy boʼlinmasi hisoblanadi hamda bevosita bosh direktoriga boʼysunadi.
• Matbuot va piar xizmati Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʼzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy majlis palatalarining qarorlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyruqlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
•Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Universitetning tarkibiy boʼlimlari hamda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlarining tegishli xizmatlari bilan oʼzaro hamkorlikda ish olib borish;
•Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati hamda Universitet rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
•Аxborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati hamda davlat va jamoat tashkilotlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni taʼminlash;
•Keng jamoatchilikni Universitet faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari toʼgʼrisida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;
•Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini tarqatish, Universitetda ommaviy tadbirlarni tashkil qilish;
•Universitetning rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va oʼz vaqtida yangilab borish, Internet tarmogʼidagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;
•Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati hamda Universitet tarkibidagi boʼlimlardagi belgilangan xodimlar bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-maʼlumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
•Universitet faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular toʼgʼrisida Universitet rektoriga axborot berish;
•Universitetning faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va video materiallar maʼlumotlar bankini shakllantirish va yuritish.
•Matbuot va piar xizmati vazifalari va funktsiyalarini bajarish uchun zarur boʼlgan axborotni Universitet tarkibidagi boʼlimlaridan belgilangan tartibda soʼrab olish;
•Universitetning yigʼilishlarida, majlislarida va boshqa tadbirlarida qatnashish;
•Qoʼyilgan vazifalarni bajarish uchun Universitet rektori bilan kelishgan holda Universitet boʼlimlari xodimlarini, shuningdek, boshqa tashkilotlar mutaxassislari va malakali ekspertlarini jalb etish;
•Rahbariyatning topshirigʼiga koʼra davlat organlarida respublika va xalqaro ahamiyatga ega boʼlgan tadbirlarda Matbuot va piar xizmati vakolatiga taalluqli masalalar boʼyicha Universitet nomidan vakillik qilish;
•Universitetning axborot siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni, Matbuot kotibi faoliyati masalalari boʼyicha normativ xujjatlar loyihalarini rahbariyatning koʼrib chiqishi uchun kiritish;
•Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini mukammal bilish;
•Universitet ichki tartib-qoidalari, Odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablarini bajarish;
79