Поиск

images/bolim_va_markazlar/2025-04-18-10-08-08_1cea540a521a594b7ad49c91a04cc5b4.jpeg
•   Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
•   oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini Universitet miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash;
•   Universitetda korrupsiyaga qarshi kurash “Kompleks nazorat” tizimini joriy etish va uni amalga oshirish;
•   Universitetda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo’lgan yo’nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
•   Universitetda korrupsiya ko’rinishlari namoyon bo’lishiga olib keladigan tizimli muammolar va ularni bartaraf etish bo’yicha tegishli takliflarni kiritgan holda axborot berib borish;
•   Universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash;
•   Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga yo’naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish;
•   korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umume’tirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ijobiy tajribasini o’rganish hamda ilg’or jihatlarini tatbiq etish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
•   Universitetda korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko’rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish;
•   korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonunosti hujjatlar, shuningdek, Vazirlik Hay’ati qarorlari va buyruqlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
•   korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning to’liq, sifatli va o’z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi, belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ahvolini o’rganadi, natijalari bo’yicha ma’lumotlar tayyorlaydi;
•   Universitetda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshiradi;
•   Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun direktorga kiritadi;
•   Universitetning ichki hujjatlarida aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi;
•   Universitetda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi va ularni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi;
•   Universitetda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlarini reyestrini yuritib boradi;
•   xaridlarni amalga oshirishda manfaatlar to’qnashuvini tahlil qilishda va kontragentlarning ishonchliligini tekshirishda ishtirok etadi;
•   Universitet xodimlari o’rtasida manfaatlar to’qnashuvi monitoringini yuritadi va tegishli takliflar kiritadi;
•   Universitetdaning professor-o’qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko’rsatuvchi, o’quv-yordamchi xodimlari o’rtasida muntazam ravishda profilaktik suhbatlar tashkil etib boradi;
•   Universitet faoliyatida korrupsiyaviy holatlarni aniqlash maqsadida professor-o’qituvchilar, boshqaruv, texnik, xizmat ko’rsatuvchi, o’quv-yordamchi xodimlar, talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar) va aholi o’rtasida so’rovlar o’tkazadi;
•   so’rovlar, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashish targ’iboti bo’yicha chora-tadbirlar natijalari va ta’sirini muntazam ravishda baholab boradi hamda keyingi chora-tadbirlarni belgilashda baholash natijalaridan foydalanadi;
•   professor-o’qituvchilar, talaba-yoshlar o’rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar tashkil etadi;
•   Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholaydi;
•   Universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining shart-sharoitlari va sabablarini o’rganadi, shuningdek ularni bartaraf etish bo’yicha takliflarni ishlab chiqadi;
•   Universitetning rasmiy veb-saytida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo’limidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlaydi;
•   har chorakda va zaruratga ko’ra korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar hamda universitetdagi korrupsiyaviy vaziyat haqida direktorga hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Kompleks nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limiga hisobot beradi;
•   Universitet mol-mulkiga o’zlarining mol-mulkidek munosabatda bo’lish, asrab-avaylash;
•   Universitetda korrupsiyaga qarshi amalga oshirilgan ishlar monitoringini yuritadi, tahliliy materiallarni rahbariyatga hamda rahbariyatga kiritib boradi.
95