• Bo‘lim boshlig‘i to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun kontraktlarni rasmiylashtirilishini ta’minlash, o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar hisobini yuritish ishlarini amalga oshiradi;
• O‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kasb-hunar ta’limi markazi Hay’at qarorlari va buyruqlari, Toshkent davlat yuridik universiteti buyruqlari, universitet Nizomi, universitet Kengashi qarorlari, universitet rektorining buyruqlari, shuningdek, mazkur Nizomga muvofiq olib boradi.
• Bo‘lim boshlig‘i bevosita rektorning moliya-xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga bo‘ysunadi.
Quyidagilar bo‘lim boshlig‘ining asosiy vazifalari hisoblanadi:
• To‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun ikki yoki uch tomonlama kontraktlarni (keyingi o‘rinlarda kontrakt deb yuritiladi) tuzilishini ta’minlash;
• Kontraktlar bo‘yicha to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish va tushgan mablag‘lar hisobini yuritish;
Bo‘lim boshlig‘i o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
• a) kontraktlarni tuzilishini ta’minlash;
• To‘lov-kontrakt asosida o‘quvchilikka tavsiya etilib, dars mashg‘ulotlariga qatnashishga ruxsat etilgan hamda kursdan kursga o‘tkazilayotgan va o‘qishga qayta tiklangan o‘quvchilar bilan kontraktlarni rasmiylashtirish;
• O‘qishga qabul qilingan xorijiy fuqarolar bilan belgilangan shaklda kontraktlarni rasmiylashtirish va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish;
• O‘quvchilar tomonidan kontrakt to‘lovlarning amalga oshirilganligi to‘g‘risida hujjatlarni dekanatlar orqali qabul qilib olish va yuritish;
• Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari o‘rtasida o‘quvchilar bilan rasmiylashtirilgan kontraktlar shartlari, to‘lovlarni amalga oshirish tartibi haqida tushuntirish ishlarini olib borish;
• b) kontraktlar bo‘yicha to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish va tushgan mablag‘lar hisobini yuritishda:
• Dekanatlarga kontraktlar bo‘yicha to‘lovlarning amalga oshirilishi yuzasidan ma’lumotlarni taqdim etish;
• O‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha tushgan mablag‘lar to‘g‘risidagi hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlash;
• O‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha tushumlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda universitet buxgalteriyasiga taqdim etib borish;
• O‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqib, rektorning moliya-xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga takliflar kiritish;
• O‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha tushgan mablag‘larga oid tahliliy ma’lumotlarni rektorning moliya-xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga doimiy ravishda taqdim etib borish.
• Bo‘lim boshlig‘i universitet Kengashining qarorlari va rektorining buyruqlarida bo‘limga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga;
• Universitet rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga;
• Faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori samaradorlikni ta’minlashga, universitet tadbirlarida faol ishtirok etishga;
• O‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga;
• Mehnat va ijro intizomi hamda xizmat vazifalariga rioya qilishga, yillik ish rejalarning bajarilishini ta’minlashga;
• Universitet mol-mulkiga o‘zlarining mol-mulkidek munosabatda bo‘lish, asrab-avaylash;
• Universitet ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalariga rioya etish.
• Marketing bo‘limi boshlig‘iga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.