•O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
•Korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlarga yo‘l qo‘ymaslikni va bunday holatlar guvohi bo‘lgan taqdirda zudlik bilan universitet rahbariyatiga va korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limiga xabar berish;
•O‘z xizmat vazifalarini suiste’mol qilmaslik;
•Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
•Bo‘limning joriy va istiqbol ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
•Bo‘limning joriy va istiqbol ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
•Bo‘lim maqsadidan kelib chiqib faoliyatni muvofiqlashtirish;
•O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xatlari, Universitet buyruqlarining fakultet, kafedra, bo‘limlarda bajarilishini nazorat qilish va monitoringini olib borish;
•Universitet reglamentiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Universitetga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shu jumladan, ijro intizomini mustahkamlashga qaratilgan qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining me’yoriy hujjatlari va uslubiy ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlash va nazorat qilish;
•Universitet tizimidagi bo‘limlar, fakultetlar va boshqa tarkibiy tuzilmalarga ijro uchun yuborilgan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarining belgilangan muddatda ko‘rib chiqilishini hamda har bir murojaatni ijroga yuborilgan sanadan boshlab nazoratga olinishini ta’minlash;
•Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularda ko‘tarilgan muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha universitetning bo‘limlari va fakultetlari hamda boshqa tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ahvolini o‘rganib borish va tahlil qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratish va tarkibiy bo‘linmalar tomonidan murojaatlar ko‘rib chiqilishini doimiy nazorat qilish va uning monitoringini olib borish, ularning o‘z vaqtida va zarur tarzda ko‘rib chiqilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish;
•Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi hukuki doirasidagi masalalarni joylarda o‘rganish uchun belgilangan tartibda universitetning malakali professor-o‘kituvchilarini jalb qilgan xolda ishchi guruhlar tashkil etish;
•Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va tartibi tarkibiy bo‘linmalar tomonidan buzilishi to‘g‘risida universitet rektorini darhol xabardor qilish;
•Ijro intizomini ta’minlanishiga qaratilgan tegishli rejalar va chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
•Universitetga kirim qilingan hujjatlar bo‘yicha ularning ijrosi bo‘yicha nazorat kartochkalarni belgilangan tartibda yuritilishi va mas’ul ijrochilarga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlash;
•Belgilangan muddatidan kechiktirmasdan o‘z qarorlarini qabul qilish hamda bajarilishi bo‘yicha doimiy monitoring olib borishni ta’minlash
•Universitet bo‘limlarida, fakultetlar va kafedralarda hujjatlar ijrosi bo‘yicha maqsadli va kompleks rejalarini ishlab chiqilishini tashkil qilish;
•Universitetning boshqa bo‘limlari bilan birgalikda o‘quv jarayoni va ijro intizomini yanada mustahkamlanishiga qaratilgan tegishli faoliyat olib boruvchi komissiyalar tarkibida ishtirok etish;
• Fakultet va kafedralar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha tegishli ishchi guruhlar tarkibida ishtirok etish;
•Hujjatlar aylanishida ijro nazoratining zamonaviy elektron tizimlaridan samarali foydalanish;
•O‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda Vazirlik hay’ati buyruqlari ijrosi yuzasidan muntazam ravishda monitoring olib borish;
•Universitet va uning bo‘limlarida (fakultetlar, kafedralar, malaka oshirish fakultetlari, akademik litseylar va boshqa tarkibiy bo‘linmalar) ta’lim standartlari hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarga amal qilinishi monitoringini ta’minlash va tahlil qilish;
•Bo‘lim faoliyati sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va ularni ommalashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish;
•O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari yuzasidan hisobotlarni Vazirlikka belgilangan muddatlarda va sifatli taqdim etib borish;
•Professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullari va mezonlari asosida tegishli bo‘limlar bilan birgalikda tadbiq etishni amalga oshirish;
•Nazorat va monitoring qilingan hujjatlar ijrosi bo‘yicha ma’lumotni Universitet rahbariyatiga taqdim etib borish;
•Xisobotlarni o‘rnatilgan tartibda universitet rahbariyati hamda boshqa tegishli yuqori turuvchi organlarga o‘z vaqtida taqdim qilish;
•Monitoring natijalari bo‘yicha har oyda universitet rektoriga ijro intizomi va yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilishining holati to‘g‘risidagi axborotni, zaruriyat bo‘lganda, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ijro intizomi va murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan universitet xodimlariga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli takliflar bilan birgalikda taqdim etish;
•Ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish;
•Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish;
•Lavozim (vazifa) yo‘riqnomasiga rioya qilish;
•O‘z vakolatiga taallukli bulgan vazifalarning bajarilmagani uchun qonun xujjatlarida belgilangan tartibda javob berish;
•O‘ziga biriktirilgan universitet mulki uchun qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda javob berish.