• Muassasa Bosh direktori hamda Universitet rektoriga taqdim etiladigan barcha turdagi xo’jalik shartnomalarini o’rganib chiqish, imzolash va shartnoma summasi eng kam ish haqining 200 barobaridan ortiq bo’lganda yozma ravishda xulosa berish;
• Universitetning huquq ijodkorligi va huquqni qo’llash faoliyatida bevosita qatnashish, normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritish;
• Universitet professor-o’qituvchi va boshqa xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishda, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va mohiyatini ularga yetkazishda qatnashish, Universitet ma’muriyati va dekanatlar, kafedralar va bo’limlarning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta’minlashga ko’maklashish;
• Universitetning shartnomaviy-huquqiy va talabnoma da’vo ishlarini yuritish;
• Sudlarda va boshqa idoralarda Universitetning mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilish;
• Universitet xodimlarining murojaatlari bo’yicha ularga Universitet faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishga ko’mak-lashish, zarur hollarda ularning qoidalari bo’yicha tushuntirishlar berish;
• Muassasa Bosh direktori hamda Universitet rektoriga taqdim qilinayotgan huquqiy tusdagi barcha buyruqlar, farmoyishlar, topshiriqnomalar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o’tkazadi hamda ular bo’yicha e’tiroz va takliflar bo’lmasa, viza qo’yish;
• Fuqarolarning va Universitet xodimlarining huquqiy masalalar bo’yicha qabul qilish, ularga huquqiy maslahatlar berish;
• Universitetning normativ-huquqiy hujjatlar fondini to’ldirish, shu jumladan, fondni kodekslar, qonunlar, sharhlar, axborot-nomalar va boshqa huquqiy nashrlar bilan butlash choralarini ko’rish, Universitet rektoriga huquqiy nashrlarga obuna bo’lish haqida takliflar kiritish;
• Muassasa Bosh direktori hamda Universitet rektori uchun qonunchilik masalalari bo’yicha tahliliy materiallar tayyorlash;
• Universitet ma’muriyati va dekanatlar, kafedralar va bo’limlarning mansabdor shaxslarning huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish to’g’risida takliflar kiritish, ushbu tadbirlarni o’tkazishda qatnashish;
• Universitet faoliyatiga tegishli qonunchilikni targ’ib qilish ishlarini amalga oshirish;
• Universitetga kelib tushgan va Universitetning o’zi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlash-tirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritish, ularning saqlanishini va nazorat qilinishini ta’minlash;
• Universitet va uning tizimiga kiruvchi kafedra va bo’limlarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida takliflar kiritish, zarur hollarda ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda qatnashish;
• Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini puxta bilish;
• Universitet ichki tartib-qoidalari, Odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish;
• Universitet mol-mulkiga o’z mol-mulkiga bo’lgandek munosabatda bo’lish.