Qidirish

images/bolim_va_markazlar/2025-04-21-05-24-03_59865ffb0893a62fe09b4c6f98d0e2ad.jpeg

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy va sport, sog‘lomlashtirish bo‘limi

null
•   Fakultet dekanatlari va kafedralarning namunaviy rejalaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarining bajarilishini ta’minlash;
•   Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejalarini tuzilishini uslubiy ta’minlash;
•   Universitetda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy hamda ta’lim-tarbiyaviy ishlarida faol ishtirok etish;
•   Universitet kafedralari, bo’limlari va talabalar turar joylarida “Ma’naviyat soati”, “Ma’naviyat kuni”, “Kafedra kuni” tadbirlari va mashg’ulotlarini reja asosida o’tkazilishini tashkil qilish uslubiy yordam ko’rsatish;
•   Yuqori tashkilotlar va muassasa Bosh direktori va Universitet rektoridan bo’limga kiruvchi hujjatlarni alohida daftarda ro’yxatini yuritish va ijrosini ta’minlash;
•   Bo’lim faoliyatiga taalluqli buyruq va farmoyishlar loyihalarini tayyorlash, kelishuv imzolarini olish hamda bo’lim boshlig’iga taqdim etish;
•   Universitetda Davlat dasturlarini tuzilishi, tasdiqlanishi, tegishli mas’ullarga yetkazilishi va ijrosini ta’minlash;
•   Ma’naviyat soatlarini mavzularini tanlash va barcha kafedralarda ijrosini ta’minlash;
•   Universitetda va talabalar turar joylarida o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bayonnomalarini rasmiylashtirish va ish yuritish nomenklaturasi bo’yicha tegishli yig’majildlarga joylashtirib borish;
•   Murabbiylar kengashi hamda murabbiylarga uslubiy yordam berish;
•   Kafedralarda ma’naviyat xonalarini tashkil etish va jihozlashda uslubiy yordam ko’rsatish;
•   Kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha mas’ullarning bilimlarini oshirish va tadbirlar rejalarini tuzishda uslubiy yordam berish;
•   Talabalar turar joylarida yashayotgan yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida turli ma’naviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish;
•   Bo’lim arxivi va kartotekasini yuritish;
•   Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish;
•   Universitet Ichki tartib-qoidalari, Odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish;
•   Universitet mol-mulkiga o’z mol-mulkiga bo’lgandek munosabatda bo’lish.
831