Qidirish

Navoiy innovatsiyalar universiteti va Turkiya davlati  Anatolu
universiteti o'rtasida teleko'prik loyihasi doirasida tadbir
 
       19 mart kuni Navoiy innovatsiyalar universitetida Turkiya davlati  Anatolu universiteti o'rtasida teleko'prik loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlik, ilmiy-tadqiqot ishlari va ta’lim sohasidagi yangi imkoniyatlar muhokama qilindi.
 
 
      Ushbu tadbirda Anatolu universitetining professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari bilan birgalikda, Navoiy innovatsiyalar universiteti o‘qituvchilari va talabalari onlayn tarzda ishtirok etishdi. Teleko‘prik orqali o‘tkazilgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilmiy-texnologik innovatsiyalarni joriy etish va yangi ta’lim dasturlarini yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.
 
 
         Tadbirda Navro‘zning qadriyatlari, tarixiy va madaniy ahamiyati, shuningdek, Turkiya va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi umumiy an’analar va urf-odatlar haqida so‘z yuritildi. Tadbirda ishtirokchilar Navro‘zni qarshi olishning ahamiyati va bu bayramning yoshlar uchun o‘rganish va ilm-fan sohasidagi yangiliklarga tayyor bo‘lishga yordam berishi haqida fikr almashdilar.
 
 
          Teleko‘prik orqali o‘tkazilgan uchrashuvda, Anatolu universiteti professorlari va Navoiy innovatsiyalar universiteti o‘qituvchilari Navro‘z bayramining har ikki mamlakatdagi ahamiyati va turli sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid mulohazalar bildirishdi.
 
 
      Shuningdek, tadbirda o‘qituvchilar va talabalar uchun kelgusida seminarlar, amaliyotlar va hamkorlik loyihalari bo‘yicha takliflar berildi. Bu loyiha ikki universitet o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va ta’lim sohasida yangi yo‘nalishlar ochish maqsadida tashkil etilgan.