Qidirish

"Zulfiyaxonim – ilhom va ehtirom timsoli"
 
       Navoiy Innovatsiyalar Universiteti Axborot-resurs markazida "Iqtidorli talabalar bilan ishlash" bo‘limi tomonidan 1-mart – O‘zbek shoirasi Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
 
 
          Tadbirda universitetda tahsil olayotgan, "Zulfiyaxonim" davlat mukofoti sovrindorlari – Usmonova Sevinch Uktam qizi, Odilova Sitora Ergash qizi va G‘afforova Nilufar Sherali qizi ishtirok etib, o‘z yutuqlari, ijodiy izlanishlari va kelajak rejalari haqida so‘z yuritishdi. Ular o‘zlarining ilm-fan va ijodiy faoliyatdagi muvaffaqiyatlari bilan yosh tengdoshlariga o‘rnak bo‘lishdi.
 
 
       Davra suhbati davomida universitetning iqtidorli talaba qizlari Zulfiyaxonim ijodidan namunalar o‘qib, shoiraning hayot yo‘li, ijodiy merosi va ayol adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida fikr almashishdi. Shuningdek, "Zulfiyaxonim" mukofotining tarixi, uning mazmun-mohiyati hamda mazkur yuksak e’tirofga loyiq bo‘lish uchun qanday fazilatlar talab etilishi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
 
 
       Tadbir so‘ngida ishtirokchilar Zulfiyaxonim hayoti va ijodi haqida maxsus tayyorlangan videorolikni tomosha qilib, shoiraning samimiy she’riyati va ona yurti, millatiga bo‘lgan cheksiz muhabbatini yana bir bor his etdilar. Ushbu davra suhbati nafaqat adabiy-ma’rifiy tadbir, balki yosh avlodni ilhomlantiruvchi, ularni ijod va izlanish sari undovchi muhim uchrashuv bo‘ldi.