Qidirish

images/bolim_va_markazlar/2025-04-18-10-37-37_3f822ef69e292e93b4cb444114b554dd.jpeg

Ish yuritish va ijro intizomini ta’minlash boshqarmasi

null
•   Yuqori tashkilotlardan kelgan barcha hujjatlarni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.1999-yildagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi 140-sonli “O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo’yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash” haqidagi qarori bilan tasdiqlangan Yo’riqnomada belgilangan tartibda kirim qilinishi va hujjatlarning har bir bandini to’liq ijro etilib bosh direktor hamda rektor tomonidan nazoratdan chiqarilishini ta’minlash;
•   O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxs-larning murojaatlarito’g’risida”gi Qonun asosida barcha turdagi murojaatlarni ro’yxatdan o’tkazish, tegishliligi bo’yicha bosh direktor hamda rektor rezolyutsiyasi bilan o’z muddatida ijro qilinishi va yuqori tashkilotga hamda murojaat muallifiga javob xatlarini jo’natilishini ta’minlash;
•   Bo’limning barcha faoliyati va xodimlar mehnatini tashkil qilish;
•   Bo’limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
•   O’zbekiston Respublikasining ta’limga oid qonunlari, Prezident farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi-ning qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Hay’at qarorlari, buyruqlari, yo’riq xat va telefonogrammalarini, shuningdek, Universitet bosh direktori hamda rektori buyruqlarining ijrosi ro’yxatini qayd etib borish;
•   Universitetga yuqori tashkilotlardan kelgan barcha hujjatlarni belgilangan muddatlarda va tartibda ro’yxatga olinishi, tegishliligi bo’yicha bosh direktor hamda rektorga rezolyutsiya uchun kiritilishi, ijrochilarga yetkazilishi, ijrosining ta’minlanishi va nazoratdan chiqarilishini shakllantirish va nazorat qilish;
•   Universitetdan chiquvchi hujjatlarning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlash;
•   Universitetning rasmiy blankalarining hisobini yuritish va nazorat qilish;
•   Ijro etilgan hujjatlarning nomenklatura bo’yicha tegishli yig’ma jildlarga tikib borilishini nazorat qilish;
•   Universitet bosh direktori hamda rektorining xodimlar bo’limi faoliyatiga oid (ishga qabul qilish, boshqa ishga o’tkazish, mehnat ta’tili berish, intizomiy jazo chorasi qo’llash, mehnat shartnomasini bekor qilish, xizmat safarlariga yuborish) bo’lmagan barcha buyruq va farmoyishlarni belgilangan tartibda ro’yxatga olinishini nazorat qilishni ta’minlash;
•   Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan tartib va muddatlarda ro’yxatga olinishi, rektorga rezolyutsiya uchun kiritilishi, ijrochilarga yetkazilishi, ijrosining ta’minlanishi va nazoratdan chiqarilishini ta’minlash;
•   Universitetga yuqori tashkilotlardan kelgan barcha telefonogramma va xatlarning belgilangan muddatlarda va tartibda ro’yxatga olinishi, rektorga rezolyutsiya uchun kiritilishi, ijrochilarga yetkazilishi,
•   Kelayotgan hujjatlarni muntazam Job Flow Control va MF IJRO.UZ tizimli dasturga kiritib borilishini nazorat qilish;
•   Universitetning barcha bo’limlari va tarkibiy tuzilmalarida ish yuritish tartibiga rioya qilinishini ta’minlash;
•   Ish yuritishda tugallangan hujjatlarni belgilangan tartib va muddatlarda arxivga topshirishni amalga oshirish;
•   Ijro intizomi va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlarning tahlilini yuritish, bu haqida bosh direktor hamda rektorga, shuningdek, monitoring va sifat nazorati bo’limiga ma’lumotlar taqdim qilish;
•   -Vazirlar Mahkamasining 11-10-sonli Tartibiga muvofiq 1-,2-jadvallar bo’yicha har oylik hisobotlarini umumlashtirish, tahlil qiladi va har oy yakuni bo’yicha hisobot taqdim etib borish;
•   - ijro intizomining joriy (har kunlik), haftalik va har oylik tahlilini olib borish;
•   -bo’limga kelib tushgan xat, arizalar va elektron murojaatlar bo’yicha chorak, yarim yillik, yillik tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash;
•   -Universitet rahbariyati tomonidan o’tkaziladigan apparat yig’ilishlarini rasmiylashtiradi va monitoringini yuritadi;
•   Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish;
•   Universitetda arxiv ishlarini Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxona-lar, muassasalar va tashkilotlardagi idoraviy Arxiv to’g’risida”gi namunaviy nizom talablari asosida tashkil qilish;
•   Arxivga qabul qilingan yig’majildlar va hujjatlarga fond tartib raqamlarini berish;
•   Arxivda saqlanayotgan hujjatlarga ilgari davlat tomonidan saqlashga topshirilgan hujjatlarning ilmiy ma’lumot apparati bilan izchilligini hisobga olgan holda ilmiy ma’lumot apparatini tashkil qilish va to’ldirib borish;
•   Arxivda saqlanayotgan hujjatlarning ilmiy va amaliy qimmatini aniqlash uchun ekspertiza qilishni tashkil etish, ish yuritish jarayonida hujjatlar qimmatini ekspertiza qilishda uslubiy yordam ko’rsatish;
•   O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazish va ularning davlat hisobini yuritishni tashkil etish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O’zarxiv” agentligi organlari va muassasalariga taqdim etadi hamda arxivda saqlanayotgan hujjatlarning idoraviy saqlanishi to’g’risida tasdiqlangan statistik shakllar bo’yicha ma’lumotlar beradi;
•   Universitetning tarkibiy bo’linmalar yig’majildlarining to’g’ri shakllantirilishini va rasmiylashtirilishini nazorat qilish, yig’majildlar ro’yxatini tuzishda ishtirok etish;
•   Hujjatlardan foydalanishni tashkil qilish va belgilangan tartibda manfaatdor tashkilotlarga, fuqarolarga ma’lumotnomalar, hujjatlardan ko’chirmalar va nusxalar berish;
•   Universitet xodimlariga hujjatlar bilan ishlashni tashkil qilish va arxiv ishi masalalariga doir maslahatlar berish;
•   Doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlarni ajratish;
•   Arxiv xonalarini tegishli yong’inga qarshi ahvolda saqlash, yorug’lik tushishini, issiqlik tizimini, aloqa vositalarini kuzatish;
•   Yig’ma jildlar nomenklaturasini ishlab chiqishda qatnashish, ish yuritish bo’yicha tugallangan hujjatlarni arxivga topshirilishini nazorat qilish, belgilangan hisobotni o’z vaqtida topshirish, ish yuritish yo’riqnomasini ishlab chiqish;
•   DAK hujjatlarini, testdan yiqilgan abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish;
•   Bo’lim boshlig’ining qonuniy topshirig’ini o’z vaqtida bajarish;
•   Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini puxta bilish;
•   Universitet ichki tartib-qoidalari, Odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish;
804