• Bo’limning faoliyati va xodimlarining mehnatini tashkil qilish;
• Bo’limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
• O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklarining Hay’at qarorlari, buyruqlari, modemogramma va telefonogrammalarining ijrosini ta’minlash va monitoringini olib borish;
• Universitet bosh direktori nomenklaturasiga kiruvchi barcha xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo’shatishni rasmiylashtirish, shuningdek, yuqori organlar nomenklaturasiga kiruvchi lavozimga tasdiqdan o’tish uchun xodimlar hujjatini tayyorlash;
• Kafedra va Universitetning boshqa bo’limlari bo’yicha shtatlardan to’g’ri foydalanishni nazorat qilishni va joylashni amalga oshirish;
• Xodimlarga asosiy mehnat qonunlarini tushuntirish;
• Universitetning barcha bo’limlarida ichki tartib va mehnat intizomiga rioya qilishni nazorat qilish;
• Hujjatlashtirishga kiritilgan ariza, bildirishnomalarni ishlab chiqish hamda keyingi rasmiylashtirishda aniqlik kiritish;
• Professor-o’qituvchilar va boshqaruv apparati, ma’muriyat va o’quv-yordamchi xodimlarning tabellarini tekshirib borish va haqiqatda ishlamagan xodimlarga ish vaqti qo’yilishi holatlarini oldini olish choralarini ko’rish;
• Mehnat daftarchalar, shaxsiy guvohnoma blankalarini hisobga olish va topshirish, bosh direktor hamda rektorga imzo uchun taqdim etiladigan buyruq loyihalarini tekshirish va nazorat qilish;
• Professor-o’qituvchilar va ma’muriy xo’jalik bo’limi xodimlarini ishga qabul qilish, ishdan bo’shatish va joylashtirish bo’yicha komissiyalar tarkibida qatnashish;
• Professor-o’qituvchilar va xodimlarning hisobga olish bo’yicha T-2 shakl barcha shaxsiy varaqalarini tasdiqdan o’tkazish, rasmiylashtirish, Universitet barcha xodimlariga belgilangan tartibda tasdiqlangan ta’til jadvali asosida ta’tillarini berilishini nazorat qilish, zaxira kadrlar bilan ishlash, yillik, oylik hisobotlarni tayyorlashni ta’minlash va belgilangan muddatlarda taqdim etilishini amalga oshirish;
• Xodimlar bo’limi faoliyati bo’yicha belgilangan tartibda mehnat organlariga va yuqori tashkilotlarga hisobotlar tayyorlash va taqdim etishni ta’minlash;
• Bo’sh lavozimlarga iqtidorli yosh magistr darajasiga ega bo’lgan mutaxassislarni tanlash, kadrlar zaxirasiga kiritish va ish bilan ta’minlash bo’yicha bosh direktor hamda rektorga takliflar kiritish;
• Universitet mol-mulkiga o’zlarining mol-mulkidek munosabatda bo’lish, asrab-avaylash;
• Axborot kommunikatsiya texnologiyalarni puxta bilish;
• Universitet Ichki tartib-qoidalari, Odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish.